thumbs
Matbuot relizi

Yangi Toshkent xalqaro aeroportini barpo etish uchun Toshkent Aeroport Alyansi tashkil etildi

  • Joylashuv
    Toshkent
  • Nashr sanasi
    2026-yil 10-sentyabr

Bugun Tashkent Aeroporti Alyansi (“TAA”) kompaniyasi o‘zining tashkil etilganligi haqida e’lon qildi. TAA O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda yangi Toshkent xalqaro aeroportini barpo etish loyihasi uchun mas’ul kompaniya bo’lib, mazkur yirik infratuzilma loyihasi O‘zbekiston iqtisodiyotining jadal rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatning jahon bilan aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Yangi aeroport Markaziy Osiyodagi eng yirik, yagona aviatsiya, sayohat va logistika markaziga aylanishi ko‘zda tutilgan.

Yangi aeroport O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishning navbatdagi bosqichiga qadam qo‘yayotgan bir paytda barpo etilmoqda. Mamlakat 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulotni 300 milliard AQSh dollariga va aholi jon boshiga daromadni 4 ming AQSh dollariga yetkazishni rejalashtirgan bo’lib, yiliga 20 million xorijiy sayyohni qabul qilishni maqsad qilgan. Ushbu iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda transport infratuzilmasining rivojlanganligi muhim omillardan biri sifatida qayd etilmoqda. Iqtisodiy o‘sish, o‘z navbatida, mamlakat aviatsiya infratuzilmasiga bo‘lgan talabni tobora oshirmoqda.

Yangi aeroport O‘zbekistonning kelajakdagi aviatsiya va transport aloqalariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida barpo etilmoqda. Shahardan 23 kilometr janubda, 1 300 gektar maydonda joylashgan ushbu majmua asosiy mavjud va istiqboldagi avtomobil hamda yuqori tezlikda harakatlanadigan temir yo‘l yo‘laklari tutashgan hududda barpo etilmoqda. Yangi aeroport dastlabki bosqichda yiliga 20 million yo‘lovchi va 129 ming tonna yukni qabul qilish quvvatiga ega bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich poytaxtning amaldagi aeroporti imkoniyatlaridan deyarli ikki barobar yuqori bo‘lib, mamlakatimizning kelajakdagi aviatsiya va transport-logistika ehtiyojlarini to‘liq qondira oladigan zamonaviy infratuzilmani yaratadi.

Saudiya Arabistonining Vision International Investment Company (“Vision Invest”), Yaponiyaning Sojitz Corporation (“Sojitz”), Koreyaning Incheon International Airport Corporation (“IIAC”) aeroport operatori hamda Uzbekistan Airports AJning tajribasini birlashtirgan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan TAA O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda yangi Toshkent xalqaro aeroportini moliyalashtirish, rivojlantirish, qurish va kelgusida boshqarish uchun mas’ul hisoblanadi.

“2016-yildan buyon O‘zbekiston o‘z tarixidagi keng ko‘lamli iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. “Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga yanada ochilib, investitsiyalarni faol jalb etish va savdo aloqalarini kengaytirish yo‘lidan bormoqda. Shu bilan birga, xalqaro transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasida muhim ustuvor yo‘nalishga aylandi”, — dedi janob Jasur Pulatov, Davlat hamkorlik loyihalarini boshqarish ofisi rahbari hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti direktori. “O‘zbekiston iqtisodiyoti tez sur’atlarda rivojlanib, xalqaro aloqalari kengayib bormoqda. Mamlakat Yevropa va Osiyoni bog‘lovchi muhim ko‘prik sifatidagi rolini ham kuchaytirmoqda. Shu sababli iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydigan infratuzilma ham shunga mos ravishda rivojlanishi kerak. Yangi Toshkent xalqaro aeroporti ana shu strategik maqsadlarning ifodasi bo‘lgan milliy ahamiyatga molik loyihadir. U savdo, logistika va turizmning kelgusidagi o‘sishini ta’minlash uchun zarur quvvatni yaratadi, O‘zbekistonning mintaqaviy transport markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi hamda biznes, investorlar va kelajak avlodlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi.”

Mr Jasur Pulatov
Head of PMO for the Public Partner & Director of Islam Karimov Tashkent International Airport

“Bugungi kunda o‘ziga xos madaniy merosi va qulay transport imkoniyatlariga ega mamlakatlarga qiziqish ortib bormoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston ham sayyohlik yo‘nalishi sifatida, ham Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropani bog‘lovchi muhim savdo yo‘lagi sifatida xalqaro e’tiborni tobora ko‘proq jalb qilmoqda. Xalqaro aloqalarni raqobatbardoshlikning muhim omilidir. Yangi Toshkent xalqaro aeroporti aynan shu ehtiyojlarni hisobga olgan holda loyihalashtirilgan bo‘lib, u yo‘lovchi tashish, yuk oqimi va xalqaro transport aloqalarining kelgusidagi o‘sishini ta’minlash uchun zarur infratuzilmaviy imkoniyatlarni yaratadi”, — deya ta’kidladi Tashkent Aeroport Alyansi bosh ijrochi direktori Gordon Styuart.”

Mr Gordon Stewart
CEO Tashkent Airport Alliance

TAAning vazifalari aeroport infratuzilmasini rivojlantirish bilangina cheklanmaydi. Kompaniya loyihaning atrof-muhit va ijtimoiy sohaga ta’sirini amaldagi milliy talablar hamda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan standartlarga muvofiq, shaffof tarzda boshqarish majburiyatini olgan.

TAAning vazifalari aeroport infratuzilmasini rivojlantirish bilangina cheklanmaydi. Kompaniya loyihaning atrof-muhit va ijtimoiy sohaga ta’sirini amaldagi milliy talablar hamda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan standartlarga muvofiq, shaffof tarzda boshqarish majburiyatini olgan.

Toshkent Aeroport Alyansi” kompaniyasi O‘zbekiston hukumati bilan tuzilgan davlat-xususiy sheriklik (DXSh) kelishuvi doirasida Yangi Toshkent xalqaro aeroportini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish va kelgusida foydalanishga topshirish uchun mas’uldir. Ushbu kelishuv aeroportni boshqarish va kengaytirish uchun 35 yillik konsessiyani ham o‘z ichiga oladi.

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi jadal iqtisodiy va infratuzilmaviy rivojlanish bosqichini boshdan kechirmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida o‘zaro aloqa, investitsiya, savdo va turizm ushbu transformatsiyaning markaziy yo‘nalishlari sifatida belgilangan bo‘lib, 2030-yilgacha 250 milliard dollarlik sarmoya jalb etish maqsadi ham ko‘zda tutilgan. Yangi aeroport O‘zbekistondagi eng yirik infratuzilmaviy davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan biri bo‘lib, mamlakatning mintaqadagi yetakchi aviatsiya va transport markazlaridan biriga aylanish yo‘lidagi muhim qadamdir. Shuningdek, loyiha mamlakat iqtisodiyotiga yangi investitsiyalarni jalb etish va qadimiy Ipak yo‘li bo‘ylab turizmni rivojlantirish uchun muhim infratuzilmaviy asos bo‘lib xizmat qiladi.

thumbs

Tashkent Aeroporti Alyansi (TAA) haqida ma’lumot:

Tashkent Aeroporti Alyansi (TAA) — O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda yangi Toshkent xalqaro aeroportini rivojlantirish va uzoq muddat davomida boshqarish uchun mas’ul kompaniya. TAA mahalliy mas’uliyat va xalqaro tajribani birlashtirgan holda, O‘zbekistonning uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishi va xalqaro transport aloqalarini qo‘llab-quvvatlashi uchun zarur bo‘lgan zamonaviy aviatsiya infratuzilmasini yaratmoqda. Kompaniya loyihaga mas’uliyat bilan yondashish bilan birga, shaffoflik va manfaatdor tomonlar bilan samarali hamkorlik tamoyillariga tayangan holda amalga oshirmoqda.