Jahon standartlariga mos aviatsiya infratuzilmasini barpo etish orqali O‘zbekistonning dunyo bilan aloqalarini yangi bosqichga olib chiqamiz.
aviatsiyasi kelajagini
shakllantirish
Toshkent aeroport alyansining (TAA) maqsadi – Yangi Toshkent xalqaro aeroportini mamlakatning yuqori sifat, xavfsizlik va barqarorlik me’zonlariga to‘liq javob beradigan hamda jahon standartlari darajasidagi aeroportni muvaffaqiyatli barpo etish va foydalanishga topshirishdir.
Biz mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash, ichki, mintaqaviy va global aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, yo‘lovchilar, biznes vakillari va mahalliy hamjamiyatlar uchun uzoq muddatli manfaat yaratadigan kelajak infratuzilmasini barpo etishga intilamiz.
Aeroportni barpo etish va undan foydalanishning barcha bosqichlarida mas’uliyatli qurilish amaliyotlariga, shaffof qarorlar qabul qilishga hamda barcha manfaatdor tomonlar bilan samarali hamkorlik qilishga sodiq qolamiz.
Besh qit’a bo‘ylab yirik xalqaro loyihalar va aktivlar portfeliga ega Saudiya Arabistonining yetakchi infratuzilmaviy investitsiyalar va rivojlantirish kompaniyasidir.
Tokioda tashkil etilgan hamda o‘zidan oldingi salaf korxonalari bilan birgalikda 160 yillik boy va sharafli yo‘lni bosib o‘tgan yirik ko‘p tarmoqli savdo kompaniyasi.
Aeroportlarni rejalashtirish va boshqarish, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish hamda aviatsiya boshqaruvida katta tajribaga ega, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan aeroport operatori.
O‘zbekiston aviatsiya sohasini rivojlantirish hamda mamlakatning uzoq muddatli transport strategiyasi bilan uyg‘unlashuviga ko‘maklashuvchi milliy aeroport operatori.
Toshkent aeroport alyansi yangi xalqaro aeroportning mintaqaviy ahamiyatga ega infratuzilma obyekti sifatida hisobdor, shaffof va samarali boshqarilishini ta’minlaydigan tizim asosida faoliyat yuritadi hamda milliy faxr timsoli hisoblanadi.
Aeroport amaldagi milliy qonunchilik hamda xalqaro miqyosda tan olingan ekologik va ijtimoiy standartlarga muvofiq barpo etilmoqda. Loyihani amalga oshirish jarayoni doimiy monitoring, manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik va muntazam hisobot berish orqali nazorat qilib boriladi.