Biz haqimizda
O’zbekiston
aviatsiyasi kelajagini
shakllantirish

Toshkent aeroport alyansi O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan hamkorlikda Yangi Toshkent xalqaro aeroportini barpo etish, mazkur loyihani moliyalashtirish hamda uni foydalanishga topshirish maqsadida tashkil etilgan. Ushbu yirik infratuzilma loyihasi mamlakatning aviatsiya va turizm salohiyatini tubdan o’zgartiradigan hamda O‘zbekistonning Yevropa, Osiyo va Afrika o‘rtasidagi mintaqaviy transport markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yurituvchi Toshkent aeroport alyansi (TAA) uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotga hamda mamlakatning ichki va xalqaro aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan zamonaviy va barqaror aeroportni barpo etish uchun aviatsiya, infratuzilma va investitsiya sohalaridagi ilg’or tajribalarni birlashtiradi.

Haqimizda