Ekologik va ijtimoiy masalalar bo‘yicha ma’lumotlar
Shaffoflik — mas’uliyatli infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning asosiy tamoyillaridan biridir. TAA o‘z faoliyatida ushbu tamoyilga qat’iy amal qiladi. Shu bois, loyihani rejalashtirishning dastlabki bosqichlaridanoq ekologik va ijtimoiy masalalarga tegishli rejalar va qarorlar qabul qilinmoqda va integratsiyalashuv jarayoniga o’z hissasini qo’shmoqda. Qurilish va foydalanish bosqichlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ta’sirlarni aniqlash, muqobil variantlarni baholash hamda ekologik va ijtimoiy xatarlarning oldini olish, ularni imkon qadar kamaytirish yoki samarali boshqarish choralarini belgilash maqsadida kompleks baholash ishlari olib borildi. Ushbu sahifa Toshkent aeroport alyansining ekologik va ijtimoiy yo‘nalishdagi faoliyati, manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish va muloqot olib borish, shuningdek, murojaat va shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibiga oid asosiy hujjatlar hamda ma’lumotlarni taqdim etib boradi.
Ekologik va ijtimoiy ta’sirni baholash
Aeroport faoliyati natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ehtimoliy salbiy ta’sirlarini o‘rganish, ularni yumshatish va boshqarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida keng qamrovli ekologik va ijtimoiy tadqiqotlar olib borildi. Ushbu tadqiqotlar quyidagi yo‘nalishlarni o’z ichiga qamrab oladi
- Yer resurslaridan foydalanish va aholini ko‘chirish
- Bioxilma-xillik va ekotizimlar
- Havo sifati va shovqin
- Suv resurslari
- Yo‘l harakati va transport
- Aholi salomatligi va xavfsizligi
- Madaniy meros
- Mehnat va mehnat sharoitlaris
- Ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirlar
Ochiq e’lon qilinadigan hujjatlar
Aeroportga oid ekologik va ijtimoiy hujjatlar jamoatchilik tomonidan o’rganilishi va yuklab olinishi uchun ochiq taqdim etiladi.
Ekologik va ijtimoiy ta’sirni baholash (EITB)
EITB hujjati Yangi Toshkent xalqaro aeroportini barpo etish bilan bog‘liq ehtimoliy ekologik va ijtimoiy ta’sirlarni baholaydi hamda aeroportning butun faoliyati davomida salbiy ta’sirlarning oldini olish, ularni kamaytirish, yumshatish va monitoring qilish chora-tadbirlarini belgilab beradi.
Aholini ko‘chirish bo‘yicha harakatlar rejasi (AKHR)
Aholini ko‘chirish bo‘yicha harakatlar rejasida (AKHR) yerni egallash, tovon puli to‘lash, tirikchilik manbalarini tiklash hamda har qanday zarur jismoniy yoki iqtisodiy ko‘chirish jarayonlari qanday boshqarilishi kabi masalalar tushuntiriladi. Unda TAAning amaldagi milliy qonunchilik va umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiq loyiha ta’siriga tushgan shaxslar va xonadonlarga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lish, ular bilan samarali suhbatlar o‘tkazish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha majburiyatlari bayon etilgan.
MANFAATDOR TOMONLAR BILAN HAMKORLIK
Manfaatdor tomonlar bilan samarali hamkorlikni yo’lga qo’yish aeroport rivojlanishining muhim qismi hisoblanadi. TAA aeroportni barpo etish va undan foydalanishning barcha bosqichlarida mahalliy hamjamiyatlar, tadbirkorlik subyektlari, mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qiladi. Manfaatdor tomonlarning fikr-mulohazalari loyihani rejalashtirish va amalga oshirish jarayonida ko‘rib chiqiladi hamda inobatga olinadi. Hamkorlik tadbirlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
- Jamoatchilik uchun axborot sessiyalari
- Manfaatdor tomonlar bilan uchrashuvlar
- Jamoatchilik suhbatlari
- Fokus-guruh muhokamalari
- Hujjatlarni ochiq e’lon qilishga bag‘ishlangan tadbirlar
- Fikr-mulohazalar va shikoyatlar bilan ishlash
Shikoyatlarni ko’rib chiqish mexanizmi
Murojaatlarni ko’rib chiqish
TAA Shikoyatlarni ko’rib chiqish mexanizmini (ShKChM) joriy etgan. Ushbu mexanizm har qanday manfaatdor tomonga loyihaning istalgan jihati yuzasidan savol, xavotir yoki shikoyat bilan murojaat qilish imkonini beradi.
Shikoyatlarni Ko‘rib Chiqish Mexanizmi (ShKChM)ning asosiy tamoyillari:
-
Qulay
Murojaatlarni jamoatchilik ofislarida og‘zaki yoki yozma shaklda, ishonch telefoni orqali yoxud quyida ko‘rsatilgan mas’ul shaxslarga murojaat qilish orqali yuborish mumkin aloqa sahifasi ..
-
Maxfiy
Barcha murojaatlar maxfiy tarzda ko‘rib chiqiladi. Anonim murojaatlar ham qabul qilinadi va murojaatchilarning shaxsiy ma’lumotlari oshkor etilmaydi.
-
Bepul
Shikoyatlar har qanday bosqichda taqdim etilishi mumkin va bu uchun hech qanday to’lov talab qilinmaydi.
-
Xavfsiz
Shikoyat qilish shaxsning AKHR bo‘yicha tovon puli yoki boshqa huquqlardan foydalanish imkoniyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
-
O‘z vaqtida
Barcha shikoyatlar 7 ish kuni ichida qabul qilingani tasdiqlanadi va 14 ish kuni ichida ko’rib chiqiladi. Murakkab yoki nozik masalalar 21 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.